Toshkentdagi koʻchalarning biri avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilаdi

    Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Asaka” koʻchasida koʻz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari sababli kommunal tarmoqlarni tartibga keltirish ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtincha yopilаdi.

    Bu haqda Toshkent shahar IIB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 10-oktyabr kuni soat 17:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Asaka” koʻchasining Parkent-2 tor koʻchasi kirish qismidan Maxatma Gandi koʻchasiga qadar qismida avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi (Maxsus avtoulovlardan tashqari).

    Shuningdek, Mirzakalon Ismoiliy koʻchasining “Asaka” koʻchasi bilan kesishmasi vaqtincha yopildi.