баннер
28 Apr 2025
03:11

    Ertalabki badantarbiya — salomatlik garovi

    “Oʻz oldiga ulugʻvor maqsadlarni qoʻygan xalq faqat sogʻlom va baquvvat boʻlgan taqdirdagina koʻzlagan maqsadiga erisha oladi. Xalqimizning sogʻlom boʻlishi va ulugʻvor ishlarni amalga oshira olishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati yuqori“, — deya taʼkidlagan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

    Darhaqiqat, inson oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.

    Bugun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida erta tongdan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya tadbiri tashkil etilib, unga 1000 ga yaqin kishi qatnashdi.

    Institutda yaqinda foydalanishga topshirilgan zamonaviy sport majmuasi va ulkan sport maydoni ushbu maqsadlarga erishish uchun asosiy baza boʻlib xizmat qilmoqda.

    Minajatdin Qutlыmuratov,

    “Yangi Oʻzbkekiston” muxbiri.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech