Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyati Ertoshsoy qishlogʻi mahallasida Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti, tuman hokimligi, tuman davlat xizmatlari markazi, tuman soliq inspeksiyasi masʼul xodimlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagida boʻlgan 15 nafar xonadon sohiblari shu joyning oʻzida tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularga oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan koʻchirma taqdim etildi hamda maxsus guvohnomalar topshirildi. Masʼullar tomonidan tashabbuskorlarga turizmni rivojlantirish, turistik xizmat turlarini koʻpaytirish va yaxshilash boʻyicha tegishli tavsiyalar berilib, Qoʻmitaning esdalik sovgʻalari topshirildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.