“Esan Eczacibasi” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi kon oʻzlashtiriladi

    Investitsiyalar 2 Avgust 2023 1031

    Laziz Kudratov va Turkiyaning “Esan Eczacibasi” kompaniyasi bosh direktori Savash Shahin “Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Uchquloch konini oʻzlashtirish” loyihasi boʻyicha investitsiya bitimini imzoladi.

    Loyihadan koʻzlangan maqsad – kon-boyitish majmuasi va qoʻrgʻoshinli mahsulotlarni qayta ishlash zavodini qurish orqali rangli metallar (rux, qoʻrgʻoshin, kadmiy, vismut, kumush) ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.

    Boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida Oʻzbekistonda qoʻshimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalasi kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Esan Eczacibasi konlarga ishlov berish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Kompaniya 40 dan ortiq karyerlarni boshqaradi, 8 ta xomashyoni qayta ishlash zavodiga ega. Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi. Kompaniyada 2 500 ga yaqin xodim ishlaydi.