ESG reytingini qoʻlga kiritish yoʻlida yana bir qadam

    “Navoiyuran” davlat korxonasida zamonaviy boshqaruv tamoyillarini tatbiq qilish ishlari jadal olib borilmoqda.

    Xususan, joriy yil mart-aprel oylarida korxonada 2 ta xalqaro standart – ISO 27001 “Axborot xavfsizligi menejmenti” va ISO 50001 “Energetika menejmenti” tizimlarning talablari joriy etilib, sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

    Shu munosabat bilan 22-may sanasida “Cert International” xalqaro sertifikatlash tashkiloti bosh auditori Riad Ibragimov “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori Djamal Fayzullayevga ISO 27001 va ISO 50001 sertifikatlarini rasmiy ravishda topshirdi hamda ESG tamoyillarini faol joriy etib kelayotgan korxona jamoasiga kelgusi rejalarini amalga oshirishida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

    Avvalroq – 2023-yil may oyida korxonada 3 ta xalqaro ISO standart talablari joriy etilib, ISO 9001 “Sifat menejmenti”, ISO 14001 “Ekologik menejmenti” va ISO 45001 “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash menejmenti” sertifikatlari qoʻlga kiritilgan edi.

    Mazkur sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “2022 – 2030-yillarda «Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-319-son qarori bilan korxonani transformatsiya qilish, shu jumladan, “Environment, Social & Governance” (ESG) tamoyillarini joriy etish topshirigʻi ijrosi doirasida qoʻlga kiritilmoqda.

    ISO 27001, ISO 50001 sertifikatlari qoʻlga kiritilishi, xalqaro ISO standartlari boʻyicha sertifikatlar soni 5 taga yetishi “Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan ESG tamoyillarini joriy qilish hamda ESG reytingini zabt etish yoʻlida olib borilayotgan faol harakatlarning mantiqiy davomi boʻlib xizmat qiladi.

    “Navoiyuran” DK axborot xizmati

    Reklama