Loyiha IT-maktab bilan hamkorlikda “Zamin” fondining “Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun taʼlimni rivojlantirish” dasturi doirasida amalga oshirildi.
Sinfda eshitish qobiliyati zaif bolalarga taʼlim uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi, darslarni oʻzlashtirishga yordamchi uskuna — FM-tizimi oʻrnatildi va har bir oʻquvchiga individual eshitish apparatlari topshirildi.Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 36 nafar oʻquvchilari axborot texnologiyalari, grafik dizayn va ingliz tili yoʻnalishlarida taʼlim oladilar, oʻquv dasturi yakunida amaliy koʻnikmalar va tegishli sertifikatlarga ega boʻladi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga tayyorlanish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Eshitish qobiliyati zaif bolalar jamiyatda ijtimoiylashuvning zarur bosqichlaridan oʻtib, ularga moslashish va malakali mutaxassis boʻlish imkoniyatini beradi. Taʼlim jarayonidan tashqari, loyiha quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
- eshitish qobiliyati zaif bolalar, ularning ota-onalari va oʻqituvchilari uchun “Zamin Education” onlayn taʼlim platformasi, uning tarkibida subtitrlar va surdo tarjimali video darslar;
- nutqni oʻzbek va qoraqalpoq tillaridan imo-ishora tiliga avtomatik tarjima qilish uchun ilova;
- ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʻqituvchilarining axborot texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish kursi;- ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etish uchun axborot texnologiyalari, robototexnika va ingliz tillari boʻyicha oʻquv metodikasi. “Zamin Education” sinflari respublika boʻylab barcha viloyatlarda yoʻlga qoʻyiladi.