баннер
17 Apr 2025
10:38

    Banklarda eski namunadagi 100 AQSH dollarini sotish va sotib olishda muammo bormi?

    Moliya 12 Dekabr 2024 1428

    Markaziy bank birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy toʻlov vositasi sifatidagi maqomi oʻzgarmaganini maʼlum qildi.

    Markaziy banki hozirgi kunda respublika hududida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi (2009-yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bogʻliq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini maʼlum qildi.

    Shu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy toʻlov vositasi sifatidagi maqomi oʻzgarmagan.

    Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etadi.

    «Agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin« — deyiladi xabarda.

    Oʻz navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini maʼlum qildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech