Ijtimoiy tarmogʻida Toshkent shahridagi “Eski ToshMi” tibbiyot akademiyasining binosi buzilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat boʻyicha munosabat bildirdi. Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan holat oʻrganildi.

Takidlanishicha, poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan “Eski ToshMI” (Tibbiyot 29-son davolash boʻlimi akademiyasi) binosi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan madaniy meros obyekti sifatida roʻyxatga olingan.

Mazkur tibbiyot muassasasi XIX asrda qurilgan boʻlib, hozirda bino davlat mulki hisoblanadi.

2024-yilning 3-yanvar kuni Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi tomonidan muammo joyiga chiqqan holda oʻrganilganida hech qanday qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmayotganligi aniqlandi.

Tibbiyot maskani maʼmuriyatiga binoda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish uchun Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining tegishli ruxsatnomasi asosida va loyiha-smetalarini taqdim etgan holda ish boshlash kerakligi alohida tushuntirildi.