Xabaringiz bor, jahon chempioni Davlat Bobonov (-90 kg) hamda Diyora Keldiyorova (-52 kg) kattalar oʻrtasida oʻz vazn toifalarida reyting karvonboshisi boʻlib turibdi. Shuningdek, 5 nafar oʻsmir va yoshlarimiz ham dunyo reytingida peshqadamlikni oʻz qoʻllariga olishdi.

Shu yil Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida oʻtgan kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibasi Barchinoy Qodirova (-70 kg), kadetlar oʻrtasida Osiyo chempioni, “Osiyo bolalari” musobaqasi gʻolibasi Laziza Haydarova (-40 kg), Ekvadorning Guayakil shahrida oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi Jahongir Mamatrahimov (-90 kg), ushbu musobaqaning kumush medali sohibi Azizbek Ortiqov (-66 kg), bronza medali egasi Islombek Ravshanqulov (+100 kg) oʻz vaznlarida jahon reytingini boshqarmoqda.