Vaziyat allaqachon inqiroz deb atalyapti, deb xabar beradi Euronews telekanali.

Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab 3,5 milliarddan ortiq odam turli darajada suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Bunday muammolarga ko‘proq Afrika va Yaqin Sharq aholisi duch kelmoqda, ammo bu sayyoramizning boshqa mintaqalari aholisiga suv tanqisligi tahdid solmaydi, degani emas.

Olimlarning ta’kidlashicha, 2030-yilga borib dunyo aholisi soni 8,5 milliard kishidan oshadi va bu nafaqat inson ehtiyojlarini qondirish, balki qishloq xo‘jaligi, sanoat va energetika sohalari uchun zarur bo‘lgan suv resurslariga bosimning sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, suv tanqisligiga nafaqat aholi sonining o‘sishi, balki odamlar ehtiyojlarining ortishi ham ta’sir qiladi.

“O‘rta sinf va ko‘p tarmoqli iste’molchilar soni o‘sib bormoqda. Ularning nafaqat oziq-ovqat bilan bog‘liq moddiy,  balki suv sarfini talab qiladigan boshqa ehtiyojlari yuzaga keladi.  Shu sababli, suv tanqisligi iqlim o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi, — dedi London Qirollik kolleji professori Naho Mirumachi intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Yevropada qurg‘oqchilikdan eng ko‘p Ispaniya jabr ko‘rgan, biroq “yomg‘ir va tumanlar mamlakati” deb tan olingan Buyuk Britaniyada ham suv tanqisligi ancha kuchli sezilgan.