Videoreportajda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 71-yigʻilishida bildirilgan tashabbuslari haqida hikoya qilinadi.

Videoda Markaziy Osiyoni global transport koridorlariga integratsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli loyihalar yoritilgan. Bundan tashqari, tahliliy dasturda uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekistonga energetik mustaqillikni qoʻlga kiritish imkonini beradigan strategik ahamiyatga ega energetika inshootlari qurilishi haqida soʻz boradi.

Maxsus reportajda tarmoqlar boʻyicha yetakchi maʼruzachilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Energetika vaziri Alisher Sultanov va boshqalarning intervyulari yoritilgan.