Tanlov dasturidan Yolqin To'ychievning «Evrilish» fil`mi ham joy olgan. Festivalda o'zbek kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Bu yilgi festivalga 107 davlatdan 2000 ga yaqin ariza topshirilgan bo'lib, «Evrilish» fil`mi o'zbek kinosi kuni doirasida namoyish etildi.
Hakamlar hay'ati tarkibiga taniqli xalqaro kinoarboblari kiritilgan. Hay'at rais rus aktyori, rejissyor, stsenariynavis va prodyuser Igor Ugol`nikov.
Kinofestival` 24 noyabrga qadar davom etadi. Barcha tanlov dasturi g'oliblari ertaga, kinofestivalning yopilish marosimida e'lon qilinadi.