UYEFA Yevro-2028 va Yevro-2032 musobaqalariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini eʼlon qildi.
Yevro-2028 Buyuk Britaniya va Irlandiyada tashkil etiladi. Oʻyinlar Belfast, Birmingem, Kardiff, Dublin, Glazgo, Liverpul, London, Manchester va Nyukasldagi stadionlarda oʻtadi.
2032-yilgi qitʼa chempionatiga Italiya va Turkiya mezbonlik qiladi. Mamlakatlar turnir bahslari uchun 20ta arenani taqdim etdi va 2026-yilning oktyabrigacha ulardan 10tasi (har bir mamlakatdan 5tadan) tanlab olinadi.