Xabaringiz bor, keyingi yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Germaniya maydonlarida bo‘lib o‘tadi. 2028 yilgi turnirni o‘tkazish uchun esa Buyuk Britaniya hamda Irlandiyaning birlashgan arizasi asosiy da’vogar sanaladi.

Xo‘sh, Yevro-2032 qayerda o‘tishi mumkin?

La Repubblica nashri xabariga ko‘ra, 2032 yilgi ko‘hna qit’a chempionatini o‘tkazish  uchun Turkiya va Italiya ariza topshirgan. UYEFA ikki davlat arizasini birlashtirmoqchi. Shuda, ikki mamlakat ham mezbonlik uchun 6 tadan stadionni taqdim etadi.  Turnirning ochilishi Istanbulda, final esa Rimda o‘tkaziladi.

Hozirgacha mezbonlik uchun boshqa da’vogarlar yo‘qligi sabab, ushbu “ctsenariy”ning amalga oshish ehtimoli yuqori.