Yevroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi

    Biznes 29 Noyabr 2023 917

    Bugun, 29-noyabrda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Jamshed Urakov Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtayotgan “Rossiya sanoatchisi” xalqaro forum-koʻrgazmasida ishtirok etdi.

    2023-yilgi Forum-koʻrgazmaning asosiy mavzusi — “Barqarorlik va rivojlanish: asosiy texnologiyalar, davlatning roli, sanoat uchun kadrlar, xalqaro hamkorlikning yangi konturlari”. Bu biznes va davlat, yetakchi texnologiya kompaniyalari, universitetlar, ilmiy tashkilotlar, kichik va oʻrta biznes hamda xorijiy hamkorlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik uchun platformadir.

    Tadbirda Rossiyaning 36 mintaqasi va dunyoning 20 davlatidan 20 ming mehmon ishtirok etdi.

    Forum doirasida Kengash raisi Aleksandr Shoxin va Jamshed Urakov ishtirokida Yevroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

    Imzolangan Memorandum oʻrnatilgan aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning mavjud yoʻllarini tahlil qilish va yangi yoʻnalishlarni topishga yordam beradi.