Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    Investitsiyalar 7 Aprel 2021 519

    Joriy yil 6-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov boshchiligidagi Bank delegatsiyasini qabul qildi.

    Uchrashuv chogʻida tomonlar YEOTBni Oʻzbekistondagi istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etishni nazarda tutgan holda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

    N.Podguzov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi va YEOTBning Respublikadagi iqtisodiy oʻzgarish jarayonlariga moliyaviy, investitsiyaviy va maslahat koʻmagi koʻrsatishga qiziqayotganligini tasdiqladi.

    Shuningdek, energetika, uy-joy kommunal xoʻjaligi va infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi qator istiqbolli loyihalar ham atroflicha koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.