Uchrashuv chogʻida YEOTBning moliyaviy va investitsiyaviy mahsulotlar hamda xizmatlarining keng koʻlamini taqdim etuvchi universal xalqaro moliya institutlaridan biri sifatidagi salohiyati alohida taʼkidlandi.
Bank tomonidan Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish, infratuzilmani yaratish va modernizatsiya qilish, shuningdek, chegaraoldi savdoni kengaytirish loyihalari moliyalashtirilishini nazarda tutgan holda, Oʻzbekiston va YEOTB oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida yuqoridagi yoʻnalishlar doirasida aniq loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha navbatdagi tadbirlar belgilandi hamda YEOTB ekspertlarining Oʻzbekistonga tashriflari jadvali kelishib olindi.