Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab faqat elektromobillarni roʻyxatdan oʻtkazish niyatida

    Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab faqat elektromobillarni roʻyxatdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda, oddiy yonilgʻi avtomobillarini roʻyxatga olish unchalik ham shart boʻlmaydi, deb yozadi Germaniyaning Handelsblatt nashri.

    Nashrning yozishicha, Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi kengashida ushbu reja maʼqullanadimi yoki yoʻqmi, ayon boʻladi. Bu masala boʻyicha ovoz berish 11-may kuni boʻlib oʻtishi kerak.

    Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiluvchi Fransiya Yevrokomissiyaning 2035-yildan boshlab karbonat angidrid gazini chiqaradigan dizel va benzinli dvigatelli yangi yengil avtomobillar va yengil tijorat avtomobillarini roʻyxatdan oʻtkazishni taʼqiqlash haqidagi dastlabki taklifini amalga oshirish niyatida.

    Mutaxassislarning fikricha, agar Yevropada avtomobillar uchun ichki yonuv dvigatellari ishlab chiqarilmasa, Yevropa Ittifoqi 500 minggacha ish oʻrnini yoʻqotadi. Bu, birinchi navbatda, Sharqiy Yevropa mamlakatlariga tegishli.