Yevropa Ittifoqi oyiga 200 million doza vaksina ishlab chiqarish rejasi haqida eʼlon qildi

    Dolzarb 5 Aprel 2021 654

    Ichki bozor masalasi boʻyicha komissar Tyerri Breton Yevropa Ittifoqning sentyabrdan boshlab oyiga 200 doza atrofida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqara olishi mumkinligini taʼkidlagan. Bu haqda Le Parisien xabar bergan.

    U yanvarda Yevropa Ittifoqining 14 million doza, fevralda — 28 million, martda esa 60 million doza vaksina ishlab chiqarganini eslatdi. Kelgusi chorakda Bryussel koʻrsatkichni 100 million dozaga yetkazishni moʻljallayapti.

    “Yozda koʻrsatkichlar 120 millionga yetadi, sentyabrdan boshlab esa biz kreyser tezligiga erishamiz va koʻrsatkichlarimizni 200 millionga yetkazamiz”, — dedi Breton. Ikkinchi yarim yillikda Yevropa Ittifoqi 800 million doza dori vositalariga ega boʻlishini eslatdi.

    Yevropada koronavirus bilan 40 million nafar odam kasallangan. Shundan 28 millioni sogʻayib chiqqan, 925 ming kishi qurbon boʻlgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”