Bu haqda Bloomberg o'zi qo'lga kiritgan hujjatga tayanib xabar berdi.
Taklif 30-avgust kuni Kopengagenda bo'lib o'tgan tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi oldidan Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar o'rtasida bildirildi. Hujjatda ko'pchilik ovozi yetarli bo'lishi mumkin bo'lgan bir nechta sohalarni belgilash taklif etiladi. Shu bilan birga, yakdillik tamoyili saqlanib qolishi ta'kidlandi.
Ushbu chora birlashmaning alohida a'zolari qaror qabul qilishga to'sqinlik qiladigan vaziyatlarni chetlab o'tadi, deya tushuntirdi agentlik. Bloomberg “Ukraina bo'yicha tashabbuslarga doimiy ravishda qarshilik ko'rsatadigan” Vengriyani misol qilib keltirdi. Gap mablag' ajratish va Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi bilan bog'liq, deb xabar berdi kommersant.ru.








