“Milliarder kabi sotib ol” shiori bilan savdoni rivojlantirgan platforma tezda Yevropa Ittifoqi bozoriga kirdi. Aprel oyida ishga tushirilganidan beri u deyarli 100 million foydalanuvchiga kosmetikadan tortib kiyim-kechak, hattoki Xitoydan keltirilgan mebel va jihozlarni sotdi.
Yevrokomissiya PDD Holdingsga tegishli platforma Facebookdan X va Googlegacha texnologik kompaniyalarni tartibga soluvchi yangi raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonunni (DSA) buzayotganidan xavotir bildirdi.
Komissiya mazkur savdo marketpleysida «ilgari bloklangan firibgar savdogarlar« savdo bozoriga qayta kirishi mumkinligidan xavotirda. Sababi platformada yetarlicha ishonchli tizimlar mavjud emas. Buning sababi shundaki, baʼzi mahsulotlar oʻchirilgandan keyin bir necha kun ichida yana paydo boʻladi.
Ularning aytishicha, kontrafakt mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari, kosmetika va oʻyinchoqlar sotuvi bilan bogʻliq xavotirlar Yevropaning turli organlari, xususan, Germaniya, Daniya va Irlandiya tomonidan bildirilgan.
Rasmiylar Temu «oʻz platformasida nima sodir boʻlayotganini tekshiradigan va kuzatib boruvchi« «samarali boshqaruv tizimlari« ni joriy qilmagan deb gumon qilmoqda.
Yevropa Komissiyasining ijrochi vitse-prezidenti Margrete Vestagerning aytishicha, komissiya Temu DSA talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishni xohlaydi.
“Xususan, oʻz platformasida sotiladigan mahsulotlar Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiq boʻlishini va isteʼmolchilarga zarar yetkazmasligini taʼminlash”, — dedi Vestager.
Agar DSA qoidalarini buzganligi aniqlansa, kompaniya katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Yevrokomissiya taʼkidlaganidek, aprel oyida YEIda 75 million Temu foydalanuvchisi roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, sentyabr oyida ularning soni 92 millionga yetdi.