Yevropa Ittifoqi Ukrainaning ittifoqqa qo'shilishi bo'yicha muzokaralarni iyun oyi oxirigacha boshlaydi

    Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi bo'yicha muzokaralar iyun oyi oxirigacha boshlanadi. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ma'lum qildi.

    “Yevropa Ittifoqi shu oy oxirigacha Ukrainani qabul qilish bo'yicha muzokaralarni boshlashi kerak”, dedi Yevrokomissiya rahbari.

    21-may kuni Euractiv portalining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqiga a'zo bir qancha davlatlar ittifoqni iyun oyi oxirigacha Ukraina va Moldova bilan a'zolik bo'yicha muzokaralarni boshlashga chaqirgan.

    May oyining oxirida Vengriya muzokaralar boshlanishiga to'sqinlik qilayotgani ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.