Yevropa Ittifoqida inflyatsiya darajasi pasaymoqda

    May oyida iste'mol narxlari 6,1 foizga o'sdi, aslida 6,3 foiz o'sishi kutilgan edi. Aprel oyida 7 foizlik ko'rsatkich qayd etilgan edi.

    Shunga qaramay, Yevropa Markaziy banki davom etayotgan narxlar bosimini jilovlash uchun foiz stavkalarini yanada oshirish zarurligini aytdi.

    Yevropa Ittifoqi statistika agentligi – Eurostat tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, yagona valyuta blokidagi 20 ta davlatda yillik iste'mol narxlari may oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga o'sdi. Bu 2022-yil fevralidan beri eng past ko'rsatkich va Reuters so'rovida iqtisodchilar tomonidan prognoz qilingan 6,3 foizdan past.

    Yevropa Markaziy Banki Prezidenti Kristin Lagard, ma'lumotlar e'lon qilinganidan ko'p o'tmay o'z nutqida, inflyatsiya hali ham “juda yuqori” ekanligini va uni 2 foizga tushirish uchun foiz stavkalarini yanada oshirishni talab qildi.

    Iqtisodchilarning ta'kidlashicha, asosiy inflyatsiyaning pasayishi asosan Germaniyaning may oyida 49 evrolik subsidiyali jamoat transporti chiptasini joriy etishi bilan bog'liq, bu esa transport narxlarini pasaytirdi, deb xabar beradi korrespondent.net.