Muloqot davomida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi (YEI)ga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgani eʼtirof etildi.

YEIning GSP+ tizimi doirasida savdo, iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot, innovatsiya sohalaridagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda inson huquqlari, gender tenglikni taʼminlash hamda fuqarolik institutlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga qaratilgan ishlar alohida qayd etilib, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribalarini oʻrganish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, YEIga aʼzo davlatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillashtirishga oid hamkorlik dasturlarini yoʻlga quyishga kelishib olindi.