Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida boʻlib oʻtadigan tadbirlar muhokama qilindi.

Afgʻonistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish hamda afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarini yuqori baholadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.