Fransiyaning 14 shahrida qizil havf darajasi eʼlon qilingan. Parijda, tahminlarga koʻra, havo harorati 40 darajagacha qizishi, Fransiya sharqida esa qurgʻoqchilik daryolar qurishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Afrikadan kelgan issiq toʻlqinlar tufayli Shuningdek, Ispaniya aholisi ham gʻayritabiiy jaziramadan aziyat chekmoqda. Mamlakatdagi oʻnta avtonom hukumat yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan.

Rimda harorat 39 darajaga yetgani bois kunning issiq paytida qariyalar va bolalarning tashqariga chiqishi taqiqlangan. Italiya Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻnta shaharda ob-havoning “qizil” xavf darajasini eʼlon qilgan.

Havo harorati 32 darajani koʻrsatayotgan Niderlandiyada esa gavjum plyajlar tufayli fuqarolar koronavirus tarqalishi xavfi haqida ogoh etilgan.

Taʼkidlanishicha, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Bolgariya va Avstriyaning bir qator shaharlarida ham gʻayritabiiy issiq havo kuzatilmoqda.