Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi aholisi uchun eng kam ish haqini belgilash zarurligini maʼlum qildi, deb xabar beradi TASS.

Siyosatchi Yevropa Parlamenti sessiyasida Yevropa Ittifoqidagi hozirgi vaziyatga bagʻishlangan nutqida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq holat haqida toʻxtalarkan, 2020-yil ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulotning pasayishi yillik hisobda 12 foizni tashkil etganini taʼkidladi.

Bundan tashqari, inqiroz Yevropa Ittifoqida qatʼiy belgilangan eng kam ish haqi miqdorini joriy yetish kerakligini koʻrsatdi, chunki koʻpchilik yetarli yashash sharoitisiz qoldi.