Uchrashuvda Oʻzbekiston va YEI oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda boʻlajak tadbirlar masalasi muhokama qilindi.
Xususan, 2023-yil 17-19-may kunlari Yevropa komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskisning Oʻzbekistonga tashrifi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) yillik yigʻilishida ishtirok etishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.