Musobaqada AQSH, Rossiya, Ukraina, Italiya, Fransiya, Belgiya, Chexiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Niderlandiya kabi qirqdan ziyod davlatdan 2005-2007-yillarda tavallud topgan yosh dzyudochilar ishtirok etyapti.
Yurtimiz sport sharafini Oʻlmas Gulliyev murabbiyligidagi yosh dzyudochilarimiz himoya qilyapti. Kecha musobaqaning birinchi kuni Zafarbek Oʻktamov (-50 kg:) va Sarvarbek Abdualimov (-60 kg) Yevropa ochiq chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Bugungi bellashuvlarda esa Inom Bahodirov (-66 kg), Muhammadumar Hayitov (-73 kg) va Behruz Husenov (-81 kg) oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazadi.