Regulyatorning fikricha, Paxlovid bilan davolash COVID-19ning ogʻir shakliga olib kelishi mumkin boʻlgan kamida bitta asosiy kasalligi mavjud bemorlarning kasalxonaga yotqizilishi yoki oʻlim sonini sezilarli darajada kamaytiradi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, 5 kun davom etgan Paxlovid bilan davolanishdan soʻng bir oy ichida bemorlarning atigi 0,8 foizi 24 soatdan koʻproq vaqtga kasalxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga, oʻrganish jarayonida platsebo olgan bemorlar orasida kasalxonaga yotqizilganlar ulushi 6,3 foizdan yuqori ekanligi maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari, mazkur dorini qabul qilgan bemorlar guruhida oʻlim kuzatilmadi, platsebo guruhida esa 9 kishi vafot etdi.
Regulyatorning taʼkidlashicha, tadqiqot natijalari koronavirusning “delta” shtammi bilan bogʻliq, ammo preparat “omikron” va boshqa variantlarga qarshi ham faol boʻlishi kutilmoqda, deyiladi agentlik saytida berilgan xabarda.