Vazirlik maʼlumotiga koʻra, uchrashuv davomida Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yoʻnalishini asosiy drayver soha darajasiga koʻtarish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizda autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlangani qayd etildi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT-mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlashdan iborat ekanligi taʼkidlandi.

Muloqot chogʻida hamkorlikni yanada jadalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash hamda qoʻshma loyihalarni samarali davom ettirishga kelib oldi.