Memorandumda YETTBning “Oʻzsanoatqurilishbank” ni xususiylashtirishdan oldingi transformatsiyasida 50 million dollar miqdorida kredit liniyasi berish orqali ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Transformatsiya doirasida taqdim etilgan kredit, bankning ustav kapitaliga konvertatsiya qilinadi, natijada YETTB Oʻzsanoatqurilishbank aksiyadoriga aylanadi.

Uchrashuvda Bosh vazir oʻrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Omonullo Nasritdinxodjayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari Bobur Abdinazarov, Moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isakov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov, “Oʻzsanoatqurilishbank” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Zafar Azimov ishtirok etishdi, deya xabar qiladi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmati. 

Birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi YETTB delegatsiyasi esa Markaziy Osiyo boʻyicha yangi boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay, Oʻzbekistondagi vakolatxona rahbari Alkis Drakinos, Moliya tashkilotlari sektoridagi boshqaruvchi direktor Fransis Malij va bankning boshqa vakillaridan tarkib topdi.

Uchrashuv davomida korxonalarni, shuningdek banklar davlat ishtirokidagi transformatsiya va xususiylashtirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tomonlar ushbu jarayonlarda YETTB tomonidan koʻrsatilayotgan roli va yordamini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida bozor kapitalini yana-da takomillashtirish, shuningdek, YETTBning texnik koʻmagida amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.