Suhbat chogʻida YETTB va Oʻzbekiston oʻrtasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar Oʻzbekiston va YETTB oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik soʻnggi yillarda yuqori darajaga koʻtarilganini qayd etdilar.

Odil Renaud-Basso Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi va YETTBning Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi maqsadlariga erishish borasida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

YETTB delegatsiyasi rahbari Oʻzbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan ijobiy oʻzgarishlar va islohotlar koʻlamini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻzaro qiziqish tugʻdiradigan sohalarda samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.