Muloqot chogʻida tomonlar korporativ iqlimni boshqarish va mamlakat moliya sektori uchun iqlim xatarlari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar.
YETTB vakillari Oʻzbekiston banklari bilan hamkorlikda yashil moliyalashtirish loyihalari metodologiyasi va talablarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan joriy loyihalar bilan tanishdilar.
Oʻz navbatida, Markaziy bank rahbariyati mamlakatda yashil moliyalashtirish uchun tegishli qonunchilikni yaratish muhimligini taʼkidlab, YETTB bilan ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.