Yevropaning futbol va sport nashrlarida  har kuni futbolchilar transferi bo‘yicha turli xabarlar bosilmoqda.

Transfer markt  nashri shu kungacha bundan qaysi klub qancha pul ishlagani haqida xabar berdi. Xabarda aytilishicha, “Chelsi” o‘z futbolchilarini sotishdan hozirgacha 221 million yevro pul ishlagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda nemis klublari – “Leypsig” (134 million yevro), “Dortmund” (108 million yevro) bormoqda.

Bundan tashqari, “Sporting” (108 million yevro), “Vulverxempton” (92 million yevro), “Sassuola” (90 million yevro), “Milan” (64 million yevro),  “Atletiko” (58 million yevro),  “Vilyarreal” (53 million yevro) va “Zalsburg” (53 million yevro) mablag‘ topgan.