Yevropada halokatli qurgʻoqchilik yuzaga kelishi mumkin – olimlar

    Avstriyadagi Texnika universiteti qoshidagi Geodeziya instituti tadqiqotchilari Yevropa halokatli qurgʻoqchilik yoqasida ekanini aytishdi. Ularning fikricha, yer osti suvlari zaxiralari tugaydi.

    Qayd etilishicha, 2018-2019-yillarning gʻayritabiiy issiq yer usti suvi sathining keskin pasayishiga sabab boʻlgan.

    Maʼlum boʻlishicha, potensial halokatli qurgʻoqchilik allaqachon tabiatga jiddiy zarar yetkazmoqda, qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda va Yevropada energiya tanqisligini keltirib chiqarmoqda.

    “Hozirgi kunga qadar koʻplab suv turlari oʻz yashash muhitini yoʻqotgan yoki yoʻq boʻlib ketgan, shuningdek, koʻplab oʻrmon va oʻt-oʻlanlar yongʻinlari sodir boʻlgan, quruq tuproq qishloq xoʻjaligi uchun koʻplab muammolarni, shuningdek, suv toshqinlarini keltirib chiqardi.

    Oqibatda Yevropada energiya taqchilligi murakkab holatga keldi, chunki yetarlicha sovitish suvi boʻlmasa, mintaqadagi atom elektr stansiyalari elektr energiyasini yetarlicha ishlab chiqara olmaydi, GESlarning ishlashi ham qiyinlashgan”, deydi olimlar.

    Tadqiqotda ular Tom va Jerri deb nomlangan egizak sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanganishdi. Bu qurilmalar Yer atrofida balandlikda qutb orbitasida aylanadi. Ular muntazam ravishda Yevropada yer osti va yer usti suvlari darajasining pasayishini qayd etadi.