Ayniqsa, oktyabr oyining ikkinchi haftasida mintaqada epidemiologik vaziyat yanada yomonlashdi. Ushbu davrda dunyo boʻyicha roʻyxatga olingan bemorlarning qariyb 60 foizi va yangi oʻlim holatlarining 42 foizi Yevropada qayd etildi.

Soʻnggi tahlillarga koʻra, mintaqada pandemiya boshlangandan hozirgacha 260 million kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan. Ulardan 2,1 million nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.

JSST vakilining qayd etishicha, ayni paytda gripp va koronavirus infeksiyalari parellel ravishda keng tarqalayotgani aholi, ayniqsa, keksalar, immuniteti zaif kishilar, homilador ayollar va chaqaloqlar salomatligini yanada kuchliroq himoya qilishni talab etadi. Buning eng samarali chorasi esa har ikki kasallikka qarshi emlanishdir, deya iqtibos keltiradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.