Shu hafta koʻhna qitʼa futbol muxlislari oltita yarim final bahsini tomosha qilishdi. Chempionlar Ligasida Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi Angliyaning “Liverpul” klubini qabul qildi.
Ikki jamoaning Angliyada oʻtgan birinchi uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida gʻalab qozongandi. Ikkinchi oʻyin ham qizgʻin kurashlar ostida oʻtdi. Ispanlar birinchi taymda mehmonlar darvozasiga ikkita javobsiz toʻp kiritishga muvaffaq boʻldi. Lekin ikkinchi boʻlimda oʻz darvozalaridan uchta gol oʻtkazib yuborishdi va final bilan xayrlashishdi.
YECHLning ikkinchi oʻyinini muxlislar va mutaxassislar finaldan oldingi final deb hisoblashgandi. Haqiqatan ham, Yevropaning ikki grand jamosi – “Manchester Siti” va “Real” finalga chiqish uchun murosasiz kurashdi. Angliyada oʻtgan birinchi oʻyinda 4:3 hisobida “Manchester Siti”ning qoʻli balan kelgan edi. Ammo Madridda ular bu hisobni saqlab qola olmadi. Garchi mehmonlar birinchi boʻlib gol urishgan boʻlsa-da, keyinroq oʻz darvozalaridan uchta toʻp oʻtkazib yuborishdi. Shunday qilib, 28-may kuni Parijda boʻlib oʻtadigan YECHLning finalida “Liverpul” va “Real” uchrashadi.
Yevropa Ligasidagi oʻyinlar ham juda qizgʻin kechdi. Safarda magʻlubiyat alamini totgan “Reynjers” Glazgoda “Leypsig”ni 3:1 hisobida yengdi va finalga yoʻl oldi. Birinchi uchrashuvda nemis jamosi 1:0 hisobida gʻolib chiqqan edi.
“Ayntraxt” esa “Vest Hem” bilan kechgan ikki uchrashuvda ham (2:1 va 1:0) gʻalaba qozonib, finalda “Reynjers” bilan uchrashadigan boʻldi.
18-may kuni oʻtadigan finalga Sevilya mezbonlik qiladi.
Ilk bor oʻtkazilayotgan Yevropa Konfederatsiyalar Ligasida ham finalchilar maʼlum boʻldi. Birinchi uchrashuvni Angliyada oʻtkazib, “Lester” bilan durang oʻynagan “Roma” oʻz maydonida 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Bu oʻynida Eldor Shomurodav 89-daqiqada zaxiradan oʻyinga tushdi.
“Feyenoord” esa safarda 0:0 hisobida durangga erishib, birinchi oʻyindagi 2:3 hisobidagi gʻalabasi evaziga finalga yoʻl oldi.
Final 25-may kuni Albaniya poytaxti Tiranada boʻlib oʻtadi.