Bugun tunda koʻhna qitʼaning bir necha shahrida Yevropa Ligasi 1/16 final oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev toʻp surayotgan Moldovaning “Sherif” klubi Portugaliyaning “Braga” jamoasi mehmoni boʻladi. “Sherif” dastlabki oʻyinni oʻz maydonida oʻtkazib, 2:0 hisobida gʻolib chiqqan. Ikkinchi oʻyinda ham J. Yaxshiboyev jamoasiga omad tilaymiz.
Yevropa ligasida quyidagi jamoalar keyingi bosqichga chiqish uchun bugun oʻzaro kurash olib boradi: “Dinamo” Z – “Sevilya”, “Latsio” – “Portu”, “Olimpiakos” – “Atalanta”, “Real Sosyedad” – “Leypsig”, “Betis” – “Zenit”, “Napoli” – “Barselona”, “Reynjers” – “Borussiya” D.
Shuningdek, Yevropa konfederatsiyalar ligasida ham navbatdagi 1/16 oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Unda “Budyo-Glimt” – “Seltik”, “Qorabogʻ” – “Marsel”, “Makkabi” – PSV, “Partizan” – “Sparta”, “Ranners” – “Lester”, “Vitess” – “Rapid”, PAOK – “Midtyulland”, “Slaviya” – “Fenerbahche” klublari chorak finalga chiqish uchun maydonga tushadi.