Kecha ko'hna qit'ada futbol bo'yicha jahon chempionati saralashi doirasida guruh bosqichi bahslari nihoyasiga etdi. 

D guruhida Frantsiya muddatidan avval Katarga borish huquqini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. SHunday bo'lsada frantsuzlar safarda Finlyandiyani 0:2 hisobida mag'lub etib, Ukrainaga fley-offga chiqish imkoniyatini yaratishdi. So'nggi o'yinda ukrainlar  safarda Bosniya-Gertsogovina darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritishdi.  

G guruhida  o'z uyida Norvegiyani qabul qilgan  Niderlandiya  raqiblarini 2:0 hisobida engdi va chempionat finali masalasini hal etdi. Guruhdagi fley-off yo'llanmasi  Turkiyaga nasib qildi. Turklar CHernogoriyada 1:2 hisobida irodali g'alabaga erishdilar. 

So'nggi o'yinga qadar barcha masala hal bo'lgan E guruhida Bel`giya  Uel`sda durang o'ynadi – 1:1.  SHunday qilib, guruhda Bel`giya birinchi, Uel`s ikkinchi bo'ldi. CHexiya  3-o'rinni egallagan bo'lsa-da Millatlar Ligasidagi ijobiy ishtiroki tufayli pley-offda qatnashadi.  

Jahon chempionatiga Evropa qit'asidan 13 ta jamoa ishtirk etadi. Bugungacha ularning 10 tasining nomi ma'lum  — Germaniya, Daniya, Bel`giya, Frantsiya, Ispaniya, Serbiya, Xorvatiya, SHveytsariya, Angliya, Niderlandiya. 

Qolgan 3 yo'llanma egasi ikki bosqichdan iborat pley-offda aniqlanadi. Unda 12 jamoa – Portugaliya, Rossiya, Italiya, SHvetsiya, SHotlandiya, Uel`s, Pol`sha, SHimoliy Makedoniya, Ukraina, Turkiya, CHexiya va Avstriya (Millatlar Ligasidagi ijobiy ishtiroki tufayli) qatnashadi.

Pley-offga 26 noyabr` kuni qur'a tashlanadi. O'tish o'yinlari 2022 yil mart oyi so'ngida o'tkaziladi.