Oktabr oyi oxirida Yevropada denge isitmasiga chalinish bilan bog'liq 105 ta holat tasdiqlangan, ulardan 66 tasi Italiyada, 36 tasi Fransiyada va uchtasi Ispaniyada qayd etildi. Bu haqda Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo'yicha Yevropa markazi xabar berdi.
Virus chivinlar orqali tarqaladi. Chaqqandan keyin inkubatsiya davri uch kundan ikki haftagacha davom etadi. Ba'zilarida kasallik asoratlarsiz kechadi, shuning uchun odamlar shifokorga murojaat qilmaydi. Boshqalarida isitma, bosh og'rig'i, titroq, ko'ngil aynishi va toshma toshishi kuzatiladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti statistik ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi yigirma yil ichida dunyoda denge bilan kasallanganlar soni yarim milliondan besh milliongacha oshdi. Infeksiya yuzlab mamlakatlarda uchraydi.
Denge Janubi-Sharqiy Osiyodan kelib chiqqan bo'lib, u asosan Aedes aegypti chivinlari tomonidan yuqadi. Hozirda bu hasharotlar butun dunyo bo'ylab tarqalgan, deb xabar beradi ria.ru.