Odatda kurort may oyidan noyabrgacha ishlaydi. Biroq yuqori harorat va bo‘ronlar chang‘i yo‘laklarining sifatini saqlash hamda chang‘i uchuvchilar xavfsizligini ta’minlash imkonini bermadi.

Kurort ma’muriyati ushbu qarorni "og‘ir, ammo zarur qadam" deb atadi. Ular asosiy muammo sifatida tungi vaqtdagi yuqori haroratni qayd etib, qor qoplami qayta muzlab ulgurmayotganini ta’kidladi.

Hududda tez-tez kuzatilayotgan chaqmoq va dovullar vaziyatni yanada murakkablashtirgan, deb xabar berdi Kazinform.

Avgust oyining o‘rtasida Italiya Alplarining baland tog‘li hududlarida noodatiy yuqori harorat qayd etilgani ma’lum qilindi. Dengiz sathidan 2000 metrdan balandlikda joylashgan Forni muzligida havo harorati Selsiy bo‘yicha 17 darajagacha ko‘tarilgan bo‘lsa, qariyb 3000 metr balandlikdagi Passo-Marinelli dovonida harorat 9 darajaga yetgan.

Avvalroq Shveysariyaning Sermatt va Saas-Fi kurortlari ham jazirama issiq tufayli chang‘ida uchish faoliyatini to‘xtatgan edi. Stelvioda ham shunga o‘xshash holat 2022-yil yozida kuzatilgan. Biroq ushbu dam olish maskanlari qariyb ikki oydan so‘ng qayta ochilgan.

Gidrolog Roberto Dinale hozirgi sharoitda kurort faoliyatini saqlab qolish qiyin bo‘lishini ta’kidladi.