«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomondan tashkil etilgan mazkur charter reys bortidan Germaniya, SHvetsiya, SHveytsariya, CHexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya va Bel`giya bo'lb turgan 200 nafar talaba, sayyohlar, qarindoshlarining uylarida vaqtincha bo'lib turgan yurtdoshlarimiz, shuningdek yurtimizdagi turli ishlab chiqarish koorxonalarining xorijiy mutaxassislari joy oldi.

Belgilangan qoidalarga muvofiq barcha yo'lovchilar 14 kunlik karantinni maxsus muassasalarda yoki o'z xohishiga binoan Toshkent shahridagi mehmonxonalarda o'tkazadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ta'kidlash kerak-ki, Frankfurt-Toshkent yo'nalishida bundan avval tashkil etilgan charter reys bilan 170 nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarilgan edi.

O'zbekiston Respublikasining Germaniya va Benilyuks davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalari Evropa davlatlari hududida doimiy va vaqtinchalik yashayotgan fuqarolarimizga pandemiya davrida imkon qadar qulay shart-sharoitlar yaratish doirasida tegishli ishlarni faol davom ettirmoqda.

O'z navbatida, COVID-19 bilan bog'liq vaziyatning yaqin kelajakda yaxshilanishi va Toshkent-Frankfurt-Toshkent havo qatnovining qayta tiklanishiga umid qilgan holda Germaniyadan O'zbekistonga tashkil qilinadigan navbatdagi charter reyslarga ro'yxatga turish bo'yicha Berlin shahridagi elchixona yoki Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonaga, shuningdek, O'zbekistanning Bryusseldagi (Bel`giya) elchixonasiga murojaat qilish mumkinligini yana bir bor eslatib o'tamiz.

Konsullik xodimlarining aloqa uchun ma'lumotlarni diplomatik vakolatxonalarimizning veb-saytlaridan olishingiz mumkin.