Yevropa qurgʼoqchilik monitoringiga koʼra, qurgʼoqchilik xafvining asosiy sabablari sifatida yuqori harorat va may oyidan beri yogʼingarchilik miqdorining kamayishi koʼrsatilgan.
Noqulay ob-havo sharoiti koʼplab qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hosiliga salbiy taʼsir koʼrsatgan. Eng koʼp zarar koʼrgan mahsulotlar – makkajoʼxori, soya va kungaboqar.
Shuningdek, daryo va koʼllar sathining pasayishi hamda qurib borishi tufayli elektr stantsiyalarida uzilishlar kuzatilayotir.
Soʼnggi kunlarda qitʼaning baʼzi hududlarida kuzatilgan yomgʼir qurgʼoqchilikni qisman qisqartirgan boʼlsa-da, yomgʼirdan keyin paydo boʼlgan boʼronlar zarar va talofatlarga sabab boʼlgan.
Italiya shimolida, Fransiyaning janubi-sharqida, Vengriya va Ruminiyaning ayrim hududlarida vaziyat ogʼir. Taʼkidlanishicha, noyabr oyigacha havo haroratining mavsumiy meʼyorlardan yuqori boʼlishi kutilmoqda.