Germaniyada taʼlim muassasalari ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda. 18-maydan aksariyati toʻliq ishga tushadi. “Biz taʼlim oluvchilarning bir-biri bilan masofa saqlab oʻtirishi uchun choralar koʻryapmiz”, deydi Bryusseldagi Sent-Bonifeys instituti oʻqituvchisi Filipp Rassar.

Fransiyada esa kelasi haftadan boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oʻqish boshlanadi. Lekin hamma oʻquvchilar bir vaqtda, yoppasiga bormaydi. Bolakaylar kichik-kichik guruhlarga boʻlingan holda, ikki yoki uch smenada oʻqitiladi.

Ruminiyada 14-mayda favqulodda holat tugasa ham, baʼzi karantin choralari saqlanib qoladi. Maktablarda dars mashgʻulotlari sentyabr oyidan boshlanadi. Restoran, bar va yirik savdo markazlari ochilishiga hali ruhsat berilgani yoʻq. Aholi istagan paytda uydan chiqishi va niqob taqqan holda jamoat transportidan foydalanishi mumkin.

Sohiba Mullayeva tayyorladi.