Buxorodan Abu Dabiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi

    Yevropaning ultra arzon “Wizz Air” aviakompaniyasi Buxorodan Abu Dabiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi.

    Wizz Air Abu Dhabi — Abu Dabi xalqaro aeroportidan ishlaydigan arzon aviakompaniya. U butun dunyoda byudjet reyslari bilan tanilgan.

    Mazkur kompaniya mutasaddilari joyriy yilning 6-9-iyun kunlari Oʻzbekistonda boʻlib turibdi va tashrif davomida Samarqand va Toshkent shaharlaridan Abu Dabi shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslarni amalga oshirishda kelishuvlarga erishdi.

    Shuningdek, “Wizz Air” mutasaddilari joriy yilning 7-8-iyunida Buxoro shahrida boʻlib, Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida mahalliy, salohiyatli turistik kompaniyalar bilan hududning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

    Hozirda maʼlumotlar jamlanib tahlil qilinmoqda.

    Kelajakda Buxorodan ham Abu Dabi shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deb xabar beryapti Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.