баннер
22 Mar 2025
01:13

    Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi

    Donald Tramp ma'muriyatining qarorlari AQSh erkinlik tarafdori emasligini ko'rsatadi, dedi fransiyalik yevrodeputat.

    Yevroparlament a'zosi Rafael Glyuksman AQSh rasmiylaridan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarishni talab qildi. Hozirgi ma'muriyat va AQSh Prezidenti o'z qarorlari bilan erkinlik qadriyatlari ularga yaqin emasligini ko'rsatmoqda, dedi Glyuksman Place publique so'l markaz partiyasi ishtirokchilari qarshisigi nutqida. Siyosatchining 17-mart, yakshanba kungi nutqidan parchalarni AFP agentligi keltirib o'tadi.

    Ukrainani faol qo'llab-quvvatlayotgan Glyuksman o'z nutqida Vashingtonni Moskvaga yaqinlashayotganini qoraladi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh “zolimlar tomoniga o'tishga qaror qilgan”. Bundan tashqari, fransuz siyosatchisi Donald Tramp ma'muriyatini ilmiy erkinligini ta'kidlagan olimlarni ishdan haydagani uchun tanqid qildi.

    Shu munosabat bilan Yevroparlament deputati AQShni Ozodlik haykalini qaytarishga chaqirdi. “Biz buni sizga berdik, lekin siz uni mensimayotganga o'xshaysiz”, dedi u amerikaliklarga murojaat qilib.

    Ozodlik haykali Fransiyada haykaltarosh Ogyust Bartoldi rahbarligida yaratilgan. Bu fransuzlar amerikaliklarni qo'llab-quvvatlagan Amerika mustaqilliigi uchun urushining yuz yilligi sharafiga Fransiyaning AQShga sovg'asi edi, deb xabar beradi dw.com.

    46 metr balandlikdagi mis haykal 1886-yilda Nyu-Yorkdagi Ozodlik orolida ochilgan. Bir vaqtlar yaqin atrofdagi Ellis-Aylend orolida AQShga kirishni kutgan millionlab muhojirlar uchun u yaxshiroq hayotga umid ramzi edi, deya ta'kidlaydi AFP.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech