Yangilangan ma'lumotlar 2-3 hafta ichida taqdim etiladi, ammo ular e'lon qilinganlaridan biroz farq qiladi.
Yevrohududda energiya narxining pasayishi tufayli inflyatsiya sekinlashmoqda. Shunday qilib, iyul oyida Yevrohududda o'tgan yilning shu davriga nisbatan narxlarning oshishi 5,3 foizni tashkil etdi, bu iyun oyiga nisbatan 0,2 foizga past. Bu haqda Yevropa statistika byurosi (Eurostat) xabar bermoqda.
Agentlik ta'kidlaganidek, iyul oyida inflyatsiyaning pasayishi asosan energiya narxining 6,1 foizga tushib ketgani bilan bog'liq.
“Yevrohududdagi inflyatsiya 2022-yil boshidan buyon eng past ko'rsatkich bo'ldi”, — deyiladi hujjatda.
Iyul oyida narxlarning eng ko'p o'sishi Slovakiyada – 10,2 foiz, Xorvatiyada – 8,1 foiz va Litvada – 7,1 foiz qayd etildi. To'rtinchi qatorda – Avstriya – 7 foiz, keyingi o'rinda – Latviya va Germaniya. Ularda narxning oshish darajasi – 6,5 foiz. 2022-yil iyul oyidan beri narxlar eng kam oshgan davlatlar – Belgiya – 1,6 foiz, Lyuksemburg – 2 foiz va Ispaniya – 2,1 foiz.
Yevrostat ma'lumotlariga ko'ra, Yevrohududda eng ko'p oziq-ovqat, alkogol va tamaki mahsulotlari qimmatlashdi. 2022-yilning iyuliga nisbatan sanoat tovarlari narxi 5 foizga, xizmatlar 5,6 foizga oshdi, energiya 6,1 foizga arzonlashdi.
Shu bilan birga, Yevrostat, yevrohudud iqtisodiyoti aprel va iyun oylarida 0,3 foizga o'sganini ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.