Uchrashuvning asosiy mavzusi mamlakatimizga investitsiyalar oqimini yanada kengaytirish va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish kerak, ETG bugungi kunda qishloq xoʻjaligi, logistika, raqamli transformatsiya, energetika kabi turli sohalarda global ahamiyatga ega kompaniya sanaladi. Kompaniya nafaqat chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tashkilot sifatida, balki tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida jahonga oʻzini tanitgan. Katta savdo bozoriga ega.

Uchrashuvda uyushma rahbariyati tomonidan Niderlandiyalik ishbilarmonlarga Oʻzbekistondagi sarmoyaviy muhit, investorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida xalqaro kompaniya vakillari tashkilotning tarixi, xalqaro bozordagi oʻrni va ahamiyati haqida maʼlumot taqdim etdi.

ETG ning Oʻzbekistonda faoliyatini kengaytirishi mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytiradi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.