Xizmatdan bepul safarlar tufayli bemorlar gavjum jamoat transportida shunday ham zaiflashgan immunitetlarini xavf ostiga qoʻymasdan, muntazam ravishda shifokorlar koʻrigida boʻlishga muvaffaq boʻladi. Jamgʻarma bunda yigʻilgan mablagʻlarni davolanish foydasiga qayta taqsimlashi mumkin.

— Jamgʻarma faoliyat koʻrsatgan uch yarim yil davomida biz 400 nafar ogʻir bemorlarga yordam berdik, — deydi Ezgu Amal jamgʻarmasi hammuassisi va jamgʻarma boshqaruv raisi Munira Xoʻjaxonova. — Albatta, ularning deyarli har biri shahar boʻylab harakatlanishda yordamga muhtoj: tekshiruvlar yoki kasalxonaga yotish uchun safarlar — bularning hammasi uchun mablagʻ talab etiladi. Yandex Go tomonidan taqdim etilgan bepul safarlar bizga yigʻilgan mablagʻlarning bir qismini tejashga va ularni vasiyligimizdagi bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirishimizga yordam berdi. Uzoq muddatli hamkorlik uchun xizmatdan minnatdormiz.

Ehtiyojmandlarga dori-darmon va oziq-ovqatlarni tez yetkazib berish uchun bepul safarlarga buyurtma berishlari mumkin boʻlgan fond volontyorlari va xodimlariga yordam koʻrsatilishi ham juda muhim. Jamgʻarma volontyori Amira oʻz tajribasi haqida gapirib berdi:

“Yetti yoshli oʻgʻlim oq qonga chalinganida jamgʻarma haqida eshitdim. Hozir u remissiyada. Yaqinda men ushbu qiyin davrni boshdan kechirayotganlarga yordam berish uchun jamgʻarmaning volontyori boʻlishga qaror qildim. Bemorlarni tez-tez koʻrishga borib turaman. Ularga dori-darmon, oziq-ovqat va sovgʻalar olib kelaman. Buning uchun men Yandex Go bepul xizmatidan foydalanaman. Jamgʻarma vasiyligi ostidagi bemorlarga oʻgʻlim toʻgʻrisida, u qanday tuzalib ketgani, uning uchun qancha qaygʻurganlarimiz haqida gapirib beraman. Men har doim bemorlarning koʻnglini koʻtarishga, tuzalib ketishiga umid berishga harakat qilaman”.

Yandex Go va Ezgu Amal hamkorlikni 2022-yilda ham davom ettiradi. Xizmat safarlar xarajatlarini toʻliq qoplaydi, shuning uchun haydovchilar sayohatlar uchun toʻliq toʻlovni oladi.